Ijtimoiy tarmoqlarda «Prezident sovg‘asi» yozuvi tushirilgan Volkswagen Lavida XR avtomobillari suratlari keng tarqalmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu avtomobillar O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasi futbolchilari va murabbiylar shtabiga topshirilishi mumkin.
Hozircha bu ma’lumot rasman tasdiqlanmagan. Davlat idoralari mazkur avtomobillar aynan 2026-yilgi FIFA Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan milliy terma jamoani taqdirlash uchun topshirilishini tasdiqlamagan.
Futbolchilar uchun ko‘zda tutilgan ehtimoliy mukofot va rag‘batlantirishlar haqida batafsil ma’lumot terma jamoani poytaxt aeroportida tantanali kutib olish marosimidan so‘ng o‘tkaziladigan rasmiy tadbirlarda e’lon qilinishi kutilmoqda.
