Shahrisabzlik fuqaroning tomorqa uchastkasida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan katta issiqxona aniqlanib, unda 714 tup kannabis yetishtirilgani ma’lum bo‘ldi.
Huquq-tartibot organlari ma’lumotiga ko‘ra, erkak 5,3 sotix maydonda issiqxona tashkil etgan. Tergovga ko‘ra, o‘simliklar shaxsiy iste’mol uchun emas, balki keyinchalik sotish maqsadida yetishtirilgan.
Tekshiruv davomida barcha butalar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilib, ekspertizaga yuborildi. Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, olingan kannabisning umumiy sof og‘irligi 201 kilogrammni tashkil etgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, voqeaning barcha holatlari hamda ehtimoliy boshqa shaxslarning aloqadorligi o‘rganilmoqda.


