VALUTA KURSLARI:💱
EUR13 692▲ +21.27
OB-HAVO:🌤
Toshkent30°Ochiq

Samarqandda YHXB xodimi 75 yoshli piyodani urib yuborib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Samarqandda YHXB xodimi 75 yoshli piyodani urib yubordi, piyoda voqea joyida vafot etdi

Samarqandda YHXB xizmat avtomobili ishtirokida o‘lim bilan yakunlangan YTH sodir bo‘ldi.

Viloyat YHXB ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa 21-iyul kuni soat 18:15 atrofida Samarqand shahridagi Shabbod ko‘chasida yuz bergan. YHXB xodimi patrul xizmati avtomobili Trackerni boshqarib ketayotib, yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan 75 yoshli piyodani urib yuborgan.

Olingan og‘ir tan jarohatlari oqibatida piyoda voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Hodisaning barcha holatlari aniqlanmoqda.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish