VALUTA KURSLARI:💱
EUR13 859▼ -73.35
OB-HAVO:🌤
Toshkent34°Ochiq

Rossiyada relokantlarning mol-mulki ayrim huquqbuzarliklar uchun xatlovga olinishi mumkin.

Rossiyada relokantlar mol-mulkini xatlash to‘g‘risida qonun tasdiqlandi

Rossiyada chet elda bo‘lgan fuqarolarning mol-mulkini ayrim jinoyat va ma’muriy ishlar doirasida xatlash imkonini beruvchi qonun tasdiqlandi. Gap yolg‘on ma’lumot tarqatish, armiyani obro‘sizlantirish hamda “xorijiy agentlar” haqidagi qonunchilikni buzish bilan bog‘liq holatlar haqida ketmoqda.

Yangi qoidalarga ko‘ra, kvartiralar, uylar, avtomobillar, bank hisobvaraqlari va boshqa aktivlar xatlovga olinishi mumkin. Mulkdan foydalanish huquqini cheklash to‘g‘risidagi qaror faqat sud tomonidan, tergov materiallari asosida qabul qilinadi.

Tashabbus mualliflari ushbu qonun davlat suverenitetini himoya qilish va, ularning fikricha, xorijdan turib noqonuniy faoliyat olib borayotgan shaxslarga qarshi kurashga qaratilganini bildirishgan.

Ekspertlar yangi choralar Rossiyadan tashqarida yashayotgan fuqarolar uchun ko‘chmas mulk va moliyaviy aktivlarni boshqarishni ancha qiyinlashtirishi mumkinligini ta’kidlashmoqda. Yakuniy qaror esa har bir holat bo‘yicha alohida sud jarayonida qabul qilinadi.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish