Rossiyada Apple kompaniyasi atrofidagi vaziyat muhokama qilinmoqda. App Store’dan VK, “Odnoklassniki”, VK Music, Mail.ru pochta xizmati va boshqa bir qator mashhur Rossiya ilovalari olib tashlangach, bu holat foydalanuvchilar orasida keng rezonansga sabab bo‘ldi.
Shu fonida Rossiya Raqamli rivojlanish vazirligi Federal monopoliyaga qarshi xizmatga (FAS) Apple kompaniyasi ustidan shikoyat yuborib, uni raqamli platformalar bozoridagi ustun mavqeidan ehtimoliy suiiste’mol qilishda aybladi.
Murojaatga ko‘ra, kompaniya harakatlari foydalanuvchilarning odatiy raqamli xizmatlarga kirishini cheklashi mumkin, bu esa regulyatorlar va aholining bir qismi orasida xavotir uyg‘otmoqda.
Mutaxassislar yirik texnologik kompaniyalarning bunday qarorlari iOS ekotizimi, ilovalarning mavjudligi va umumiy raqamli infratuzilmaga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidlashmoqda. Shu bilan birga, ayrim foydalanuvchilar bir qator xizmatlar ishlamay qolganini bildirishib, qo‘shimcha cheklovlardan xavotirlanmoqda.
Rossiyada Apple qurilmalari, jumladan iPhone va MacBook’lar uchun mumkin bo‘lgan oqibatlar ham faol muhokama qilinmoqda, biroq hozircha kompaniya yoki uning mahsulotlarini bloklash bo‘yicha rasmiy qaror qabul qilingan emas.
