VALUTA KURSLARI:💱
USD11 949▼ -52.91
OB-HAVO:🌤
Toshkent27°Bulutli

Qirg‘izistonda Markaziy Osiyo mamlakatlaridan suv uchun kompensatsiya talab qila boshlashdi.

Qirg‘iziston Markaziy Osiyo davlatlaridan suv uchun kompensatsiya talab qilmoqda

Qirg‘iziston “Barqaror rivojlanish uchun suv” xalqaro konferensiyasida Markaziy Osiyoda suv resurslaridan foydalanish uchun kompensatsiyalar joriy etish zarurligini ma’lum qildi. Suv resurslari, qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sanoati vaziri Erlis Akunbekovning aytishicha, mintaqa davlatlari suv infratuzilmasini saqlash va modernizatsiya qilish xarajatlarini birgalikda qoplashi kerak.

Ta’kidlanishicha, Qirg‘iziston suv resurslarini o‘z hududida shakllantiradi, biroq ularning 30 foizdan kamini o‘zi ishlatadi, qolgan qismi esa qo‘shni davlatlarga, jumladan O‘zbekistonga oqib boradi. Shu sababli Bishkek to‘g‘onlar, kanallar va suv omborlarini saqlash xarajatlarini bo‘lishishni taklif qilmoqda.

Qirg‘iziston ma’lumotlariga ko‘ra, faqat o‘tgan yili suv infratuzilmasiga taxminan 80 mln dollar, so‘nggi besh yilda esa 259 mln dollardan ortiq mablag‘ yo‘naltirilgan. Shuningdek, muzliklarning erishi va yog‘ingarchilikning kamayishi kabi iqlim o‘zgarishlari mintaqadagi suv tanqisligini yanada kuchaytirayotgani qayd etilgan.

Bundan tashqari, Issiqko‘l ko‘lida suv sathining pasayishi va uni to‘ldiruvchi daryolar sonining kamayishi haqida ham ma’lumot berilgan. Qirg‘iziston xalqaro hamkorlarni suv va iqlim muammolarini hal etishda hamkorlikka chaqirmoqda.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish