VALUTA KURSLARI:💱
EUR13 765▼ -102.49
OB-HAVO:🌤
Toshkent39°Ochiq

Jizzax viloyatida soxta cheklar orqali 1,9 mlrd soʻm budjet mablagʻi talon-toroj qilingani aniqlandi

Jizzaxda soxta cheklar orqali 1,9 mlrd soʻm budjet mablagʻi talon-toroj qilindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida davlat keshbek tizimi orqali budjet mablagʻlarini talon-toroj qilish bilan bogʻliq yirik jinoyat sxemasi aniqlandi.

Tergov maʼlumotlariga koʻra, fuqarolar R.A., T.SH., shuningdek “B.R.” va “A.A.” MCHJ masʼul shaxslari oʻzaro til biriktirib, 16,6 mlrd soʻmlik mahsulotlar yetkazib berilgani haqida soxta hujjatlar rasmiylashtirgan.

Shundan soʻng nazorat-kassa mashinalari orqali soxta savdo operatsiyalari amalga oshirilib, jami 3 106 ta qalbaki xarid cheki shakllantirilgan.

Ushbu cheklar asosida Soliq Mobile ilovasi orqali Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan fuqarolar nomiga davlat keshbeki rasmiylashtirilib, natijada davlat budjetidan 1,9 mlrd soʻm mablagʻ noqonuniy ravishda oʻzlashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) hamda 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish va ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Hozirda barcha holatlarga huquqiy baho berish hamda aybdorlarni aniqlash boʻyicha tergov harakatlari davom etmoqda.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish