VALUTA KURSLARI:💱
USD12 012▲ +7.46
OB-HAVO:🌤
Toshkent39°Ochiq

O‘zgidromet ogohlantirdi: dam olish kunlari O‘zbekistonda +43°C gacha issiq, kuchli shamol va tog‘li hududlarda sel xavfi kutilmoqda.

O‘zgidromet: dam olish kunlari O‘zbekistonda +43°C gacha issiq kutilmoqda

O‘zgidromet 11-12 iyul kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab issiq va asosan quruq ob-havo saqlanib turadi. Kunduzi havo harorati +37...+40°C, shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarida esa +41...+43°C gacha ko‘tariladi. Kechasi +22...+27°C bo‘lishi kutilmoqda.

**Respublikaning aksariyat hududlarida havo kam bulutli bo‘ladi. Qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘irlar faqat ayrim tog‘li hududlarda, 12 iyul kuni esa Farg‘ona vodiysining ba’zi joylarida kuzatilishi mumkin. Sharqiy shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayib, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel xavfi saqlanib qoladi.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish