O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, iyul oyining so‘nggi haftasida O‘zbekistonda issiq va quruq ob-havo hukm suradi. Kunduzi havo harorati +37...+40 darajani, shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarida esa +41...+42 darajagacha ko‘tariladi. Bu ko‘rsatkich iqlim me’yoridan 2-3 darajaga yuqori bo‘ladi.
Respublika bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi. Asosan kam bulutli ob-havo saqlanadi. Shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarida ayrim joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida ham kam bulutli va yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Kunduzi havo +38...+39 darajagacha isiydi, kechasi esa +23...+25 daraja bo‘ladi. Sharqiy yo‘nalishdagi shamol tezligi 3-8 m/s ni tashkil etadi.



