VALUTA KURSLARI:💱
USD12 014▼ -39.55
OB-HAVO:🌤
Toshkent34°Ochiq

O‘zgidromet O‘zbekistonda 42°C gacha kuchli issiq bo‘lishi haqida ogohlantirdi.

O‘zbekistonda 42°C gacha issiq: O‘zgidromet 12–14 iyun ob-havo prognozi

O‘zgidromet 12–14 iyun kunlari uchun O‘zbekistondagi ob-havo prognozini ma’lum qildi. Aksariyat hududlarda quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib qoladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

12 iyunda kunduzgi harorat 33–36°C atrofida bo‘ladi. Dam olish kunlarida esa issiq kuchayib, ko‘pchilik hududlarda 36–38°C, cho‘l hududlarida 40°C gacha, janubiy viloyatlarda esa 42°C gacha yetishi mumkin.

13 iyunda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 14 iyunda esa kechasi va ertalab Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatlarida, kunning ikkinchi yarmida Buxoro va Navoiy viloyatlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zan 13–18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Shimoliy va cho‘l hududlarda shamol tezligi 20–22 m/s gacha yetishi mumkin.

Tog‘ va tog‘oldi hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq, sel va suv toshqinlari xavfi mavjud.

Toshkent shahrida 12–14 iyun kunlari quruq va kam bulutli ob-havo saqlanadi. Harorat 12 iyunda 33–35°C, dam olish kunlarida 36–38°C, kechasi esa 20–23°C atrofida bo‘ladi. Shamol 3–8 m/s, ba’zan 10–12 m/s gacha kuchayib, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish