AQSh olimlari onkologik kasalliklarni davolashning yangi eksperimental usulini ishlab chiqdi. Laboratoriya sinovlarida ushbu texnologiya saraton hujayralarining 99% gacha yo‘q qilishga erishdi va bunda kimyoterapiya ham, jarrohlik amaliyoti ham qo‘llanilmadi.
Texnologiya maxsus aminosianin molekulalari asosida ishlaydi. Ular saraton hujayrasi membranasiga birikib, infraqizil nur ta’sirida juda yuqori chastotada tebranadi va hujayrani mexanik ravishda parchalaydi. Tadqiqotchilar ta’kidlashicha, bu usulga saraton hujayralari kimyoterapiyadagi kabi chidamlilik hosil qila olmaydi.
Laboratoriya tadqiqotlarida usul, jumladan, melanomaning agressiv turiga qarshi ham yuqori samaradorlikni namoyish etdi.
Hozircha texnologiya klinik amaliyotda qo‘llanilmaydi. Keyingi bosqich — insonlarda klinik sinovlarni o‘tkazish bo‘lib, ular usulning xavfsizligi va samaradorligini tasdiqlashi kerak.
Agar sinovlar muvaffaqiyatli yakunlansa, ushbu ishlanma saratonni davolash sohasidagi eng muhim yutuqlardan biriga aylanishi mumkin.


