Olimlar ogohlantirmoqda: 2026-yilda El-Ninyo kuchayishi mumkin. Bu Tinch okeanidagi iqlim hodisasi butun dunyo ob-havosiga ta’sir qilib, iqlimiy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi.
U ayrim hududlarda uzoq davom etadigan qurg‘oqchilik va suv tanqisligiga, boshqalarida esa kuchli yomg‘irlar, suv toshqinlari va vayronkor bo‘ronlarga sabab bo‘lishi mumkin. Bu holatlar qishloq xo‘jaligiga ta’sir qilib, hosildorlikning pasayishi va oziq-ovqat narxlarining oshishiga olib keladi.
Bundan tashqari, El-Ninyo kuchayishi issiq to‘lqinlari, o‘rmon yong‘inlari, kuchli dovullar va haroratning keskin o‘zgarishi kabi ekstremal ob-havo hodisalarining ko‘payishi bilan ham bog‘liq. Natijada nafaqat ekotizimlar, balki iqtisodiyot, infratuzilma va millionlab odamlarning kundalik hayoti ham zarar ko‘rishi mumkin.
Agar prognozlar tasdiqlansa, 2026-yil so‘nggi 150 yildagi eng murakkab iqlim yillaridan biri bo‘lishi mumkin.


