Toshkentda jazirama havo saqlanib qolmoqda. To‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh ostida turgan avtomobillarning harorat datchiklari +55°C gacha bo‘lgan ko‘rsatkichlarni qayd etmoqda. Bunday sharoitda avtomobilning metall qismlari, rul, o‘rindiqlar hamda asfalt juda qizib ketadi.
Shifokorlar, ayniqsa, keksalar, bolalar, homilador ayollar hamda yurak-qon tomir kasalliklari yoki qon bosimi yuqori bo‘lgan fuqarolarga kunning eng issiq paytida tashqariga chiqmaslikni tavsiya etmoqda.
Mutaxassislar ko‘proq suv ichish, yengil va och rangli kiyim kiyish, bosh kiyim taqish hamda bolalar yoki uy hayvonlarini hatto bir necha daqiqaga bo‘lsa ham yopiq avtomobilda qoldirmaslikni tavsiya qilmoqda.


