VALUTA KURSLARI:💱
EUR13 802▲ +47.33
OB-HAVO:🌤
Toshkent41°Ochiq

Mutaxassislar anomal issiqlik davrida o‘simliklarni qachon sug‘orish kerakligini ma’lum qildi

Issiq havoda o‘simliklarni sug‘orish: mutaxassislar eng yaxshi vaqtni aytdi

Anomal issiqlik davrida yashil hududlarga alohida e’tibor qaratish zarur. Yuqori harorat va quruq ob-havo tuproqdagi namlikning tez bug‘lanishiga olib kelishi va o‘simliklarning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Mutaxassislar daraxtlar, butalar va boshqa o‘simliklarni kechki va tungi vaqtlarda — 20:00 dan 05:00 gacha sug‘orishni tavsiya qilmoqda. Bu davrda havo harorati pasayadi, suvning bug‘lanishi kamayadi va tuproq namlikni yaxshiroq saqlaydi.

Yaqinda ekilgan ko‘chatlarni 20:00 dan 22:00 gacha bo‘lgan vaqtda oz-ozdan, lekin tez-tez sug‘orish tavsiya etiladi. Yosh daraxtlarni haftasiga 2–3 marta sug‘orish, tuproqning yetarli darajada namlanishini ta’minlash lozim.

Voyaga yetgan daraxtlarni esa haftasiga 1–2 marta, suv ildiz tizimiga chuqur kirib boradigan darajada sug‘orish tavsiya etiladi.

Mutaxassislar quyidagi qoidalarga amal qilishni eslatmoqda:

— suvni asosan o‘simliklarning ildiz qismiga quyish kerak;
— suv tuproqqa chuqur singishi uchun uni sekin berish lozim;
— mulchalardan foydalanish tuproqdagi namlikni uzoqroq saqlash va ildiz tizimini himoya qilishga yordam beradi;
10:00 dan 17:00 gacha bo‘lgan vaqtda sug‘orish tavsiya etilmaydi, chunki bu paytda yuqori harorat sabab suv tez bug‘lanadi.

To‘g‘ri sug‘orish tartibiga rioya qilish issiq havoning o‘simliklarga ta’sirini kamaytiradi va ularning ekstremal ob-havo sharoitlariga chidamliligini oshiradi.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish