VALUTA KURSLARI:💱
USD12 012▲ +7.46
OB-HAVO:🌤
Toshkent39°Ochiq

Total Eclipse of the Heart xiti ijrochisi Bonni Tayler vafot etdi

Total Eclipse of the Heart xiti ijrochisi Bonni Tayler 75 yoshida vafot etdi

Britaniyalik xonanda Bonni Tayler 75 yoshida vafot etdi. Uning vafoti haqida xonandaning oilasi va jamoasi rasmiy saytida e’lon qilingan bayonot orqali ma’lum qildi.

Bayonotda aytilishicha, Bonni Tayler Portugaliyadagi shifoxonada davolanayotgan kasalligi oqibatida kutilmaganda vafot etgan.

Avvalroq xorijiy OAV xonanda appendiks yorilishi sabab shoshilinch operatsiyani boshdan kechirganini xabar qilgandi.

Bonni Tayler Total Eclipse of the Heart, Holding Out for a Hero va It's a Heartache kabi mashhur qo‘shiqlari bilan butun dunyoga tanilgan edi. Faoliyati davomida u 18 ta studiyaviy albom chiqargan. Uning so‘nggi albomi The Best Is Yet to Come 2021 yilda taqdim etilgan.

Xonanda ko‘plab nufuzli musiqiy mukofotlarga sazovor bo‘lgan va jahon pop hamda rok musiqasi tarixida yorqin iz qoldirgan. Uning qo‘shiqlari o‘nlab yillar davomida millionlab muxlislar tomonidan sevib tinglandi.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish