O‘zbekiston terma jamoasi tarixdagi ilk jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi. Jamoamiz DR Kongo terma jamoasiga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, pley-off bosqichiga chiqa olmadi. Guruh bosqichida futbolchilarimiz Kolumbiyaga (1:3) va Portugaliyaga (0:5) ham imkoniyatni boy berishdi. Umumiy hisobda terma jamoa 2 ta gol urib, o‘z darvozasidan 11 ta to‘p o‘tkazib yubordi.
Shunga qaramay, jahon chempionatidagi ishtirok O‘zbekiston terma jamoasiga FIFA tomonidan kamida 12,5 million dollar olib keladi. Shundan 10 million dollar musobaqada qatnashganlik uchun mukofot puli, yana 2,5 million dollar esa tayyorgarlik, logistika va boshqa xarajatlar uchun ajratiladi.
🇺🇿 Ammo eng katta yutuq pul bilan o‘lchanmaydi. O‘zbekiston ilk bor jahon chempionatida ishtirok etdi va millionlab muxlislarga uzoq yillar esda qoladigan unutilmas hissiyotlarni tuhfa etdi.
💙 Kurash, fidoyilik va tarixiy yo‘l uchun terma jamoamizga rahmat. Sizlar bilan faxrlanamiz!
