VALUTA KURSLARI:💱
EUR13 692▲ +21.27
OB-HAVO:🌤
Toshkent30°Ochiq

Shavkat Mirziyoyev sanoat va eksport ko‘rsatkichlari bajarilmagani sabab 17 nafar hokimni lavozimidan ozod etish masalasini ko‘rib chiqishni topshirdi.

Mirziyoyev ko‘rsatkichlar bajarilmagani sabab 17 nafar hokimni lavozimidan ozod etish masalasini ko‘rib chiqishni topshirdi.

Shavkat Mirziyoyev sanoat va eksport bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkichlarni bajara olmagan qator tuman va shahar rahbarlari faoliyatini keskin tanqid qildi. Shu munosabat bilan Bosh vazir Abdulla Aripovga bugunoq 17 nafar hokimning egallab turgan lavozimiga munosibligini ko‘rib chiqish topshirildi.

Prezidentning ta’kidlashicha, birinchi chorak yakunlari bo‘yicha bildirilgan tanqidlardan so‘ng aksariyat rahbarlar natijalarni yaxshilagan. Biroq 17 ta tuman va shaharda sanoat hamda eksport ko‘rsatkichlari hanuz qoniqarsizligicha qolmoqda.

Davlat rahbari hokimlar yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish, investitsiyalarni jalb etish, yangi ish o‘rinlari yaratish va eksport salohiyatini oshirish bilan shaxsan shug‘ullanishi, bahona izlamasligi kerakligini ta’kidladi.

Shuningdek, prezident agar to‘qqiz oy yakuniga qadar vaziyat o‘zgarmasa, qat’iy kadrlar bo‘yicha choralar nafaqat hokimlarga, balki sanoat va eksport uchun mas’ul bo‘lgan viloyat hokimlarining o‘rinbosarlariga nisbatan ham ko‘rilishini ma’lum qildi.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish