VALUTA KURSLARI:💱
EUR13 800▲ +69.27
OB-HAVO:🌤
Toshkent36°Ochiq

Argentina terma jamoasi qo‘shimcha bo‘limlarda Shveysariyani mag‘lub etib, JCH-2026 yarim finaliga yo‘l oldi

Argentina Shveysariyani qo‘shimcha bo‘limlarda mag‘lub etib, JCH-2026 yarim finaliga chiqdi

Argentina terma jamoasi jahon chempionligi unvonini himoya qilishda davom etmoqda. JCH-2026 chorak final uchrashuvida argentinaliklar Shveysariya ustidan g‘alaba qozonib, turnirning yarim finaliga chiqishdi.

Kanzas-Sitida bo‘lib o‘tgan uchrashuv juda keskin kechdi va faqat qo‘shimcha bo‘limlarda o‘z yakuniga yetdi. Yakuniy hisob — amaldagi jahon chempionlari foydasiga 3:1.

Asosiy vaqt davomida Argentina safida Aleksis Makallister gol urgan bo‘lsa, shveysariyaliklar safida Dan Ndoye o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. O‘yin penaltilar seriyasiga tomon ketayotgandek edi. Ammo 112-daqiqada Xulian Alvares argentinaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi, o‘yin yakunlanishiga oz vaqt qolganida esa Lautaro Martines raqib darvozasiga uchinchi golni kiritdi.

Shveysariya terma jamoasi uchun vaziyat ikkinchi bo‘limdayoq murakkablashgan edi. Uchrashuvning 72-daqiqasida Brel Embolo simulyatsiya uchun ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydondan chetlatildi.

Endi Argentinani yana bir jiddiy sinov kutmoqda. JCH-2026 yarim finalida jamoa Norvegiyani 2:1 hisobida mag‘lub etgan Angliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 15-iyul kuni Atlantadagi stadionda bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish