O‘zbekiston Mehnat kodeksining 407-moddasiga ko‘ra, 2 yoshgacha bo‘lgan farzandi bor ota-onalardan biriga bolani parvarish qilish uchun haq to‘lanadigan tanaffuslar beriladi.
Qonunda belgilangan ushbu tanaffuslarni jamlab, ish kunining boshida yoki oxirida foydalanish mumkin. Natijada ota-ona ish joyidan 1–2 soat oldin rasman ketishi mumkin, bunda ish beruvchi ish haqini kamaytirishga haqli emas.
Mazkur imtiyoz ota-onalarga kichik farzandi bilan ko‘proq vaqt o‘tkazish imkonini beradi va shu bilan birga to‘liq ish haqi saqlanib qoladi.


