VALUTA KURSLARI:💱
USD12 076▲ +63.77
OB-HAVO:🌤
Toshkent39°Ochiq

Prezident Toshkent — Bekobod yo‘nalishida yangi elektropoyezdning muntazam qatnovini yo‘lga qo‘ydi

Toshkent — Bekobod yo‘nalishida yangi elektropoyezd ishga tushirildi

13-iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent — Bekobod yo‘nalishida yangi elektropoyezdning muntazam qatnoviga start berdi. Davlat rahbari ushbu yo‘nalishdagi ilk qatnovda shaxsan ishtirok etdi.

Olti vagonli elektropoyezd 586 yo‘lovchiga mo‘ljallangan bo‘lib, 120 km/soat tezlikda harakatlana oladi. Poyezdda yo‘lovchilar uchun barcha qulayliklar yaratilgan:

  • konditsioner va isitish tizimi;

  • Wi-Fi va USB-quvvatlagichlar;

  • yumshoq o‘rindiqlar;

  • elektron axborot tablolari;

  • videokuzatuv tizimi;

  • nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ko‘tarish moslamalari;

  • velosipedlar uchun maxsus joylar.

Uzunligi 192 km bo‘lgan ushbu yo‘nalish orqali kuniga qariyb 1 ming, yiliga esa 300 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish rejalashtirilgan. Yangi elektropoyezd avtomobil yo‘llaridagi yuklamani kamaytirish va temir yo‘l transportini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish