VALUTA KURSLARI:💱
EUR13 690▼ -122.10
OB-HAVO:🌤
Toshkent37°Ochiq

Prezident energetika vazirini lavozimidan ozod qildi: Mirzamaxmudov o‘rniga vazirlikka kim rahbar bo‘ldi

Prezident energetika vazirini almashtirdi: Sherzod Xo‘jayev O‘zbekiston energetika vaziri etib tayinlandi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev energetika vaziri Jurabek Mirzamaxmudovni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Vazirlikka yangi rahbar etib Sherzod Xo‘jayev tayinlandi. Shu munosabat bilan u Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi direktori lavozimini tark etdi.

Jurabek Mirzamaxmudov 2022 yil sentyabr oyidan buyon Energetika vazirligiga rahbarlik qilib kelgan. Bungacha u «O‘zatom» agentligi hamda «O‘zkimyosanoat» kompaniyasiga rahbarlik qilgan.

Sherzod Xo‘jayev nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullandi. U 2019-2023 yillarda energetika vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

2023 yil yanvar oyida energetika inqirozi fonida amalga oshirilgan keng ko‘lamli kadrlar o‘zgarishlari vaqtida Xo‘jayev vazir o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgandi. O‘shanda Toshkentning sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, «Issiqlik elektr stansiyalari» kompaniyasi rahbari Farhod Abdurahmonov hamda yana bir qator mansabdorlar ham lavozimidan chetlatilgan edi. Endilikda Sherzod Xo‘jayev energetika sohasiga vazir sifatida qaytdi.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish