VALUTA KURSLARI:💱
EUR13 880▲ +21.03
OB-HAVO:🌤
Toshkent35°Bulutli

Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

Germaniya Prezidenti Shtaynmayer 17–18-iyun kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi

Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer 17–18-iyun kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Tashrif dasturiga yuqori darajadagi muzokaralar, iqtisodiy kelishuvlarni imzolash hamda ikki tomonlama hamkorlik masalalarini, jumladan investitsiyalar va mehnat migratsiyasini muhokama qilish kiradi.

Ikki kunlik tashrif mamlakatlar o‘rtasidagi siyosiy va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash hamda qo‘shma loyihalarni rivojlantirishga qaratilgan. Berlin ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniya tomoni uch asosiy yo‘nalishga e’tibor qaratishni rejalashtirmoqda: siyosiy pozitsiyalarni muvofiqlashtirish, investitsion hamkorlikni kengaytirish va mutaxassislar tayyorlash uchun ta’lim dasturlarini rivojlantirish.

Asosiy muzokaralar Toshkentdagi “Ko‘ksaroy” qarorgohida, Mustaqillik maydoniga protokol tashrifidan so‘ng bo‘lib o‘tadi. Germaniya va O‘zbekiston ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida yangi investitsion va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan bir qator kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda. Rasmiy tashrifning ramziy yakuni sifatida mehmonlar xiyobonida birga daraxt ekish rejalashtirilgan.

Dasturda gumanitar va kadrlar hamkorligiga alohida e’tibor qaratilgan. Tashrifning ikkinchi kunida Frank-Valter Shtaynmayer Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markaziga, shuningdek, Germaniyaning yo‘l qurilishi sohasidagi asosiy investorlaridan biri bo‘lgan GP Günter Papenburg sanoat korxonasiga tashrif buyuradi.

Tashrif doirasida qonuniy mehnat migratsiyasi va malakali kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilinadi. Germaniya Prezidenti ta’lim va ishlab chiqarish dasturlari bilan tanishadi, shuningdek, talabalar, ilmiy jamoatchilik vakillari va O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan nemis kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish