VALUTA KURSLARI:💱
EUR13 880▲ +21.03
OB-HAVO:🌤
Toshkent35°Bulutli

Xonanda Oliver Tri Braziliyada ikki vertolyot to‘qnashuvi oqibatida halok bo‘ldi

Oliver Tri Braziliyada vertolyotlar to‘qnashuvi oqibatida halok bo‘ldi

Xonanda Oliver Tri Braziliyada ikki vertolyot to‘qnashuvi oqibatida halok bo‘ldi.

Fojia Rio-de-Janeyro shahrida yuz bergan. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, havoda ikki vertolyot to‘qnashib ketgan, shundan so‘ng har ikkala havo kemasi avtoturargoh hududiga qulagan. Oqibatda bortdagi olti kishining barchasi halok bo‘lgan.

Xabarlarga ko‘ra, qurbonlar orasida 32 yoshli amerikalik xonanda Oliver Tri ham bo‘lgan. Shuningdek, argentinalik bloger Gaspar Prima va rejissyor Lukas Vinyale ham vafot etgani aytilmoqda.

Vertolyotlardan biri qulagandan so‘ng yong‘in chiqqan. Olov yaqin atrofdagi avtomobillarga ham tarqalgan.

To‘qnashuvga nima sabab bo‘lgani hozircha ma’lum emas. Hodisa yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish