O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari va Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov AQShda UFC prezidenti Dana Uayt bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralar davomida tomonlar aralash yakkakurashlar (MMA) sanoatini rivojlantirish, sportdagi zamonaviy tendensiyalar, professional jang sportlarini ommalashtirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
Shuningdek, yoshlarni sportga jalb qilish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan yirik sport loyihalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, O‘zbekistonda UFC homiyligida ZUFFA Boxing janglarini tashkil etish istiqbollari hamda mamlakatda MMA rivoji va o‘zbek jangchilarining UFCdagi soni ortib borayotgani fonida kelajakda Toshkentda UFC turnirini o‘tkazish imkoniyati ham muhokama qilindi.
