VALUTA KURSLARI:💱
USD12 031▼ -62.10
OB-HAVO:🌤
Toshkent39°Ochiq

Rayxon restoranlar tarmog‘i asoschisi Odilxon Ismoilov aybdor deb topildi va qariyb 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Rayxon restoranlar tarmog‘i asoschisi Odilxon Ismoilov qariyb 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Pop tuman jinoyat ishlari bo‘yicha sudida Rayxon oilaviy milliy taomlari restoranlar tarmog‘i asoschisi Odilxon Ismoilov va yana olti nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Sud barcha yetti nafar ayblanuvchini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, mansab soxtakorligi, shuningdek rasmiy hujjatlar, muhr va blankalarni noqonuniy egallash, qalbakilashtirish hamda ulardan foydalanish bilan bog‘liq jinoyatlarda aybdor deb topdi.

Odilxon Ismoilov 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Qamoqda saqlangan muddati hisobga olinib, yakuniy jazo muddati 7 yil 11 oy 28 kunni tashkil etdi. Qolgan olti nafar sudlanuvchiga ham jinoyatlardagi ishtirokiga qarab turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Shuningdek, sud yetkazilgan moddiy zararni sudlanuvchilardan solidar tartibda undirish haqida qaror chiqardi. Hukm hali qonuniy kuchga kirmagan va belgilangan tartibda Namangan viloyat sudining apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasiga shikoyat qilinishi mumkin.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish