VALUTA KURSLARI:💱
EUR13 974▲ +5.99
OB-HAVO:🌤
Toshkent30°Ochiq

Noyob osmon tomoshasini o‘tkazib yubormang: Venera, Yupiter va Merkuriy bir chiziqqa tiziladi, 17-iyun kuni ularga Oy ham qo‘shiladi

Iyun oyida sayyoralar paradi: Venera, Yupiter, Merkuriy va Oy bir safda ko‘rinadi

12–17 iyun kunlari astronomiya ixlosmandlarini kechki osmonida chiroyli manzara kutmoqda. Bu davrda Venera, Yupiter va Merkuriy deyarli bir chiziqda joylashib, sayyoralar paradi deb ataladigan hodisani hosil qiladi.

Bir qarashda bu oddiy astronomik holatdek tuyulishi mumkin. Ammo bunday kombinatsiyalar doimo osmon kuzatuvchilari va kosmosga qiziquvchilar e’tiborini tortadi. Har kuni ham bunaqasini ko‘ravermaysiz.

Eng ta’sirli lahza esa 17-iyun kuni kuzatiladi. Aynan shu kuni uch sayyoraga Oy ham qo‘shilib, osmondagi manzarani yanada yorqin va taassurotli qiladi.

Qizig‘i shundaki, bu hodisani kuzatish uchun maxsus uskuna talab qilinmaydi. Faqat ufq yaxshi ko‘rinadigan joy va ochiq osmon bo‘lsa kifoya.

Shunday ekan, kalendaringizga belgilab qo‘yganingiz ma’qul. Chunki kechki osmonni tomosha qilish uchun bunday imkoniyat yana qachon takrorlanishi noma’lum.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish