O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligida Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati uchun yangi rahbar tayinlandi.
Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu lavozimni Murodbek Atabekovich Sherliyev egalladi. U ilgari shu departament Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatida boshliq o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Yangi lavozimda Sherliyev Sherzod Ibragimov o‘rnini egalladi. Ibragimov esa Milliy gvardiya qo‘mondoni birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.
Mazkur tayinlov ichki ishlar organlari tizimidagi kadrlar o‘zgarishlari doirasida amalga oshirildi.



