VALUTA KURSLARI:💱
EUR13 731▲ +39.74
OB-HAVO:🌤
Toshkent39°Ochiq

Soliq qo‘mitasi: O‘zbekistonda 1% keshbek bekor qilinmaydi, soxta cheklar uchun doimiy bloklanadi

O‘zbekistonda 1% keshbek bekor qilinmaydi: Soliq qo‘mitasi yangi tartibni tushuntirdi

O‘zbekiston Soliq qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan 1% keshbek bekor qilinishi haqidagi xabarlarni rad etdi. Idora ma’lum qilishicha, fiskal cheklarni ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun beriladigan keshbek avvalgi tartibda davom etadi va yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashning muhim vositalaridan biri bo‘lib qoladi.

Shu bilan birga, noqonuniy holatlarga qarshi nazorat kuchaytirilmoqda. Tekshiruvlar davomida ayrim foydalanuvchilar begona yoki soxta cheklar orqali noqonuniy ravishda QQS qaytarib olishga uringani aniqlangan.

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, 248,5 ming nafar shubhali foydalanuvchi vaqtincha bloklangan, 185,6 milliard so‘mlik keshbek to‘lovlari esa to‘xtatib turilgan. Eng ko‘p qoidabuzarliklar Farg‘ona, Andijon va Navoiy viloyatlarida qayd etilgan.

Endilikda soxta yoki begona cheklar orqali noqonuniy keshbek olishga uringan foydalanuvchilar tizimdan umrbod bloklanadi.

Soliq qo‘mitasi halol xaridorlarga xavotirga o‘rin yo‘qligini ta’kidladi. Agar foydalanuvchi faqat o‘z xaridlari uchun olingan cheklarni ro‘yxatdan o‘tkazsa, keshbek odatdagi tartibda hisoblanishda davom etadi.

Shuningdek, fuqarolarga begona cheklardan foydalanmaslik va soxta cheklar savdosiga duch kelinganda bu haqda Soliq qo‘mitasining komplayens nazorati bo‘limlariga xabar berish tavsiya etildi.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish