O‘zgidromet O‘zbekiston bo‘ylab ob-havo keskin yomonlashishi haqida ogohlantirdi. Bugun respublika hududlarida kuchli shamol, chang-to‘zonlar va ekstremal issiq kuzatiladi. Ayrim hududlarda havo harorati +50°C ga yaqinlashishi mumkin.
Birinchi qarashda kuchli shamol jaziramani yengillatadigandek tuyuladi. Ammo bu safar unday emas. Chang va yuqori harorat sabab avtomobil yo‘llarida ko‘rish masofasi sezilarli darajada qisqaradi, uzoq vaqt tashqarida bo‘lish esa xavfli bo‘lishi mumkin.
Mutaxassislar aholidan derazalarni oldindan yopishni, noqulay ob-havo vaqtida ehtiyotkor bo‘lishni hamda avtomobillarni daraxtlar yoki kuchli shamol shikastlashi mumkin bo‘lgan boshqa inshootlar ostida qoldirmaslikni tavsiya qilmoqda. Oddiy ehtiyot choralari. Ammo aynan ular ortiqcha xavflarning oldini olishga yordam beradi.

