VALUTA KURSLARI:💱
USD11 987▲ +26.47
OB-HAVO:🌤
Toshkent30°Ochiq

«Muruntov» konida YTH oqibatida NKMKning ikki nafar xodimi halok bo‘ldi.

«Muruntov» konidagi YTH: NKMKning ikki nafar xodimi halok bo‘ldi.

NKMK AJ matbuot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, joriy yilning 21-iyul kuni soat 05:30 atrofida «Muruntov» koni hududida karyer avtosamosvali va xizmat avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Oqibatda korxonaning ikki nafar xodimi halok bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Shuningdek, vakolatli davlat organlari tomonidan YTHning sodir bo‘lish holatlari va sabablarini aniqlash maqsadida maxsus tekshiruv boshlangan.

Kombinatning mas'ul xizmatlari tomonidan kelgusida bunday hodisalarning oldini olish uchun qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

NKMK AJ halok bo‘lganlarning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish