VALUTA KURSLARI:💱
EUR13 765▼ -102.49
OB-HAVO:🌤
Toshkent39°Ochiq

Messi JCH-2026 "Oltin to‘p"ini final natijasidan qat’i nazar qo‘lga kiritadi — The Touchline

The Touchline: Messi JCH-2026 "Oltin to‘p"ini final natijasidan qat’i nazar oladi

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) texnik qo‘mitasi 2026-yilgi jahon chempionati yakunlariga ko‘ra topshiriladigan individual mukofotlarni muhokama qildi. The Touchline'ning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi xabar berishicha, Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi Ispaniyaga qarshi 19-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan final uchrashuvi natijasidan qat’i nazar, turnirning "Oltin to‘p" mukofoti bilan taqdirlanishi haqida qaror qabul qilingan.

E’tiborlisi, bu ma’lumot hozircha FIFA tomonidan rasman tasdiqlangani yo‘q. Agar The Touchline keltirgan ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topsa, Messi hal qiluvchi o‘yin natijasidan qat’i nazar, turnirning asosiy individual mukofoti sohibiga aylanadi. Bu xabar o‘z tasdig‘ini topadimi? Buni finaldan keyin bilish mumkin bo‘ladi.

Argentinalik hujumchi ushbu jahon chempionatida yettita o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi. Messi avval ham 2014 va 2022 yilgi jahon chempionatlari yakunida "Oltin to‘p" sohibi bo‘lgan.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish