FVV xodimlari mahallalarda profilaktik targ‘ibot olib borib, fuqarolarni yaqinlashayotgan anomal issiq haqida ogohlantirmoqda.
Sinoptiklar prognoziga ko‘ra, 13–17 iyul kunlari respublikaning aksariyat hududlarida ekstremal issiq kuzatiladi. Shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarida havo harorati +44…+46°C gacha ko‘tarilishi mumkin. Shuningdek, ayrim joylarda kuchli shamol va chang-to‘zon kuzatilishi kutilmoqda.
Mutaxassislar soat 12:00 dan 16:00 gacha imkon qadar tashqariga chiqmaslikni, ko‘proq suv ichishni, bosh kiyim va och rangli kiyim kiyishni tavsiya qilmoqda. Shuningdek, bolalar va hayvonlarni avtomobilda yolg‘iz qoldirmaslik so‘ralmoqda.



