2026 yil 4 iyun, payshanba kuni Toshkent shahri va Toshkent viloyatining ayrim hududlari hamda qator aholi punktlarida elektr energetikasi tizimida nosozlik yuz berdi. Bu esa elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlarga sabab bo‘ldi.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ ma’lumotiga ko‘ra, elektr energiyasi ta’minotidagi uzilish soat 12:41 da qayd etilgan. Natijada poytaxt va viloyatning ayrim hududlarida yashovchi aholi vaqtincha elektr energiyasiz qolgan.
Ayni paytda kompaniya mutaxassislari yuz bergan nosozlik sabablarini o‘rganmoqda va uning energetika tizimiga ta’sirini baholamoqda. Matbuot xizmatiga ko‘ra, avariya sabablari hamda tiklash ishlarining borishi haqida qo‘shimcha ma’lumot keyinroq taqdim etiladi.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ iste’molchilardan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘radi.


