Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatga ishchi kuchi kerakligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Belarusga ko‘chib o‘tishni istagan O‘zbekiston oilalariga yashash va xo‘jalik yuritish uchun yer uchastkalari ajratiladi.
Shuningdek, u Belarus va O‘zbekiston mutasaddilarini ushbu dasturni imkon qadar tezroq ishga tushirishga chaqirdi.

