VALUTA KURSLARI:💱
USD12 012▲ +7.46
OB-HAVO:🌤
Toshkent39°Ochiq

Qozog‘iston avtomobillar kirishini chekladi: yangi tartib O‘zbekiston haydovchilariga ham taalluqli

Qozog‘iston avtomobillar kirishini chekladi: yangi tartib O‘zbekiston haydovchilariga ham taalluqli

Qozog‘iston davlat chegarasi orqali avtomobillarning kirish tartibini o‘zgartirdi. Endilikda bir xil transport vositasi mamlakat hududiga sutkasiga faqat bir marta kirishi mumkin. Yangi tartib qo‘shni davlatlardan, jumladan O‘zbekistondan kiradigan avtomobillarga ham tatbiq etiladi.

Mamlakat hukumati ma'lum qilishicha, ushbu chora arzon yoqilg‘ining noqonuniy olib chiqilishining oldini olish hamda ichki bozorda yoqilg‘i taqchilligini bartaraf etishga qaratilgan.

Nazoratni kuchaytirish maqsadida chegara postlarida chegarachilar, ichki ishlar organlari va bojxona xodimlari kuchaytirilgan tartibda ishlamoqda. Asosiy e'tibor qo‘shimcha yashirin yoqilg‘i baklari o‘rnatilgan avtomobillarni aniqlashga qaratilgan.

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, kuchaytirilgan nazoratning dastlabki ikki kunida yoqilg‘ini noqonuniy olib chiqishga uringan 61 ta holat aniqlanib, 3 tonnadan ortiq yoqilg‘i musodara qilingan. Yil boshidan buyon esa qariyb 600 ta shunday qoidabuzarlik qayd etilgan.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish