VALUTA KURSLARI:💱
EUR13 738▼ -80.54
OB-HAVO:🌤
Samarqand33°Ochiq

Amirsoy Express kanat yo‘li ikki hafta muddatga vaqtincha yopiladi

Amirsoy Express kanat yo‘li 22 iyundan 6 iyulgacha vaqtincha yopiladi

Amirsoy Express kanat yo‘li Amirsoy Resort hududida rejali texnik xizmat ko‘rsatish ishlari munosabati bilan ikki haftaga vaqtincha yopiladi.

Kurort ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, ko‘tarma 2026-yil 22-iyundan 6-iyulgacha (har ikki sana ham kiradi) foydalanuvchilar uchun yopiq bo‘ladi. Chora-tadbirlar kanat yo‘lining xavfsiz, barqaror va qulay ishlashini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Qayd etilishicha, cheklov faqat Amirsoy Express’ga tegishli. Boshqa obyektlar, jumladan Prima kanat yo‘li va dam olish infratuzilmasi odatdagidek ishlashda davom etadi. Mehmonlarga sayohatlarini rejalashtirishda ushbu o‘zgarishlarni hisobga olish tavsiya etiladi.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish