VALUTA KURSLARI:💱
EUR13 731▲ +39.74
OB-HAVO:🌤
Toshkent38°Ochiq

Firibgarlar haqidagi filmdagidek: Toshkentda xalqaro firibgarlar koll-markazlari tarmog‘i fosh etildi

Toshkentda xalqaro firibgarlar koll-markazlari tarmog‘i fosh etildi

Toshkent shahrida IIV va DXX xodimlari tomonidan Yevropa hamda Shimoliy Amerika fuqarolarini soxta investitsiya kompaniyalari nomidan aldab kelgan yirik firibgarlar koll-markazlari tarmog‘i faoliyatiga chek qo‘yildi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchilar fuqarolarga kriptovalyuta va boshqa investitsiya loyihalariga sarmoya kiritish evaziga yuqori daromad va’da qilgan. Mablag‘lar o‘tkazilgach, pullar firibgarlar tomonidan o‘zlashtirilgan.

Maxsus operatsiya davomida Yashnobod va Yakkasaroy tumanlaridagi biznes markazlarida joylashgan ikkita koll-markaz aniqlandi. Jami 140 nafarga yaqin shaxs qo‘lga olindi. Ular orasida xorijiy fuqarolar hamda xorijiy tillarni mukammal biladigan nufuzli oliy ta’lim muassasalari talabalari ham bo‘lgan.

Tergov aniqlashicha, jinoiy guruh qat’iy tuzilmaga ega bo‘lgan. Unda rahbarlar, tashkilotchilar, yordamchilar, timlidlar va operatorlar faoliyat yuritgan. Jabrlanuvchilar bilan muloqotda qalbaki telefon raqamlari, taxalluslar va fishing saytlaridan foydalanilgan. Asosiy jabrlanuvchilar Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Norvegiya, Niderlandiya, Daniya va boshqa davlatlar fuqarolari bo‘lgan.

Tintuvlar davomida yuzlab kompyuterlar, mobil telefonlar, qattiq disklar, seyflar hamda boshqa texnik jihozlar musodara qilindi. Tergovga ko‘ra, sxema xorijiy fuqaro va O‘zbekiston fuqarosi tomonidan tashkil etilgan. Ular hamda jinoiy guruhning yana bir necha faol ishtirokchilari hibsga olingan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda, huquqni muhofaza qiluvchi organlar esa Yevropa va Shimoliy Amerika davlatlariga xalqaro huquqiy yordam so‘rovlari yubormoqda.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish