VALUTA KURSLARI:💱
USD11 987▲ +26.47
OB-HAVO:🌤
Toshkent30°Ochiq

Davlat Dumasi sudlangan migrantlarga yashash guvohnomasi, vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi va Rossiya fuqaroligini olishni taqiqladi

Rossiya Davlat Dumasi sudlangan migrantlarga yashash guvohnomasi (VNJ), vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi (RVP) va Rossiya fuqaroligini olishni taqiqladi.

Rossiya Davlat Dumasi yangi qonunni qabul qildi. Unga ko‘ra, sudlanganligi olib tashlanmagan yoki bekor qilinmagan chet el fuqarolari vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi (RVP), yashash guvohnomasi (VNJ) va Rossiya fuqaroligini ololmaydi.

Agar sudlanganlik RVP yoki VNJ berilgandan keyin aniqlansa, ushbu hujjatlar bekor qilinadi. Shuningdek, 14 yoshdan oshgan chet el fuqarolari ariza topshirishda fuqarosi bo‘lgan davlatning vakolatli organlari tomonidan ariza berishdan ko‘pi bilan uch oy oldin berilgan sudlanganlik bor yoki yo‘qligi haqidagi ma’lumotnomani taqdim etishi shart bo‘ladi.

Bundan tashqari, deputatlar deportatsiya uchun asoslarni ham kengaytirdi. Endilikda kamsitish, inson huquq va erkinliklarini buzish hamda davlat chegarasini kesib o‘tishda harbiy xizmatchilarga bo‘ysunmaslik ham deportatsiyaga sabab bo‘lishi mumkin.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish