VALUTA KURSLARI:💱
EUR13 688▼ -66.01
OB-HAVO:🌤
Toshkent29°Ochiq

Toshkent davlat yuridik universitetining ayrim yo‘nalishlariga kirish uchun majburiy IQ testi joriy etilmoqda.

Toshkent davlat yuridik universitetiga kirishda IQ test joriy etildi — yangi tartib

O‘zbekistonda yurisprudensiya bo‘yicha ayrim bakalavriat yo‘nalishlariga kirish uchun IQ test o‘tkazish tartibi tasdiqlandi.

Vazirlar Mahkamasining 30.06.2026 yildagi 350-son qaroriga muvofiq, oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibiga o‘zgartirishlar kiritilib, Toshkent davlat yuridik universiteti yo‘nalishlariga kirishda IQ test joriy etilishi belgilandi.

IQ test “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” hamda “Raqamli huquq” yo‘nalishlariga kiruvchi abituriyentlar uchun o‘tkaziladi.

Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida abituriyentlar asosiy huquqiy fanlar bo‘yicha testlar bilan birga IQ testni topshirishni tanlashlari mumkin. Test TDTYU tomonidan xorijiy hamkor tashkilot bilan tuzilgan shartnoma asosida har yili 10-iyulgacha o‘tkaziladi.

IQ test natijalarini baholash va o‘tkazish xorijiy tashkilot talablari asosida amalga oshiriladi.

IQ testdan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar TDTYUdagi mavjud boshqa yo‘nalishlar bilan birga ushbu yo‘nalishlarni tanlash huquqiga ega bo‘ladilar.

Shuningdek, ushbu yo‘nalishlar uchun chet tili bo‘yicha kamida B2 darajadagi sertifikat yoki unga tenglashtirilgan hujjat majburiy talab etiladi.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish