O‘zbekiston Prezidenti tomonidan Vazirlar Mahkamasi tarkibida navbatdagi kadrlar o‘zgarishi amalga oshirildi.
Unga ko‘ra, Zulayho Mahkamova O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Mazkur lavozimga avval Yoshlar ishlari agentligi direktorining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Dilnoza Kattaxonova tayinlandi.
Dilnoza Kattaxonova siyosatshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha PhD ilmiy darajasiga ega. Shuningdek, u Garvard universiteti magistratura bosqichida tahsil olmoqda hamda «Do‘stlik» ordeni va Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori hisoblanadi.
Yangi lavozimda u Vazirlar Mahkamasida belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat olib boradi.


