VALUTA KURSLARI:💱
USD11 975▼ -98.06
OB-HAVO:🌤
Toshkent30°Bulutli

Sobiq migratsiya agentligi bo‘lim boshlig‘i Azizbek Toshtemirov Interpol orqali qidiruvga berildi.

Migratsiya agentligi sobiq bo‘lim boshlig‘i Azizbek Toshtemirov Interpol orqali qidiruvga berildi

Migratsiya agentligining sobiq bo‘lim boshlig‘i Azizbek Toshtemirov O‘zbekiston tomonidan Interpol orqali xalqaro qidiruvga berildi. Uning ismi Interpolning “qizil bildirishnomalar” ro‘yxatiga kiritilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qidiruv kartochkasida Toshtemirov firibgarlik jinoyatida ayblanayotgani qayd etilgan. Hozirda uning qayerda ekanligi aniqlanmayapti va uni topish bo‘yicha xalqaro qidiruv choralari olib borilmoqda.

Tegishli huquq-tartibot idoralari tomonidan ish yuzasidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. Interpol liniyasi orqali uning joylashuvini aniqlash va ushlash bo‘yicha hamkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish