VALUTA KURSLARI:💱
USD11 975▼ -98.06
OB-HAVO:🌤
Toshkent30°Bulutli

Janubiy Koreyaga ishga yuborish bilan bog‘liq korrupsion sxema fosh etildi.

O‘zbekistonda Koreyaga ishga yuborish bilan bog‘liq yirik korrupsion sxema fosh etildi

O‘zbekistonda Koreyaga ishga yuborish bilan bog‘liq yirik korrupsion sxema fosh etildi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, migratsiya sohasidagi uyushgan jinoiy guruh fuqarolardan millionlab dollar noqonuniy pul undirilgan.

Bosh prokuratura Departamenti ma’lum qilishicha, jinoiy guruh tarkibida Tashqi mehnat migratsiya agentligi, xususiy bandlik agentliklarining sobiq mansabdor shaxslari va boshqa shaxslar bo‘lgan. Ular fuqarolarni Koreyaga mehnat migranti sifatida yuborishni va’da qilib, kamida 35 nafar odamdan 263,5 ming dollar olgan.

Tergovda ma’lum bo‘lishicha, Koreyaga ishga yuborish uchun rasmiy to‘lovlardan tashqari fuqarolardan 7 mingdan 12 ming dollargacha pul yig‘ilgan. Hozirga qadar 600 dan ortiq jabrlangan fuqarolarning murojaati kelib tushgan.

Shuningdek, jinoiy guruh 230 nafar fuqaroni Koreyaga yuborish evaziga 580 ming dollar, Koreyaga yuborilgan 1 000 nafar fuqarodan esa noqonuniy ravishda 5,6 million dollar olgani aytilmoqda. Tergov ma’lumotlarida umumiy mablag‘ 45 million dollarga yetgani qayd etilgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Bosh prokuratura ushbu sxema ortidan jabrlangan fuqarolarni maxsus ishonch telefoni orqali murojaat qilishga chaqirdi: 71-233-10-07.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish