VALUTA KURSLARI:💱
USD11 910▼ -24.58
OB-HAVO:🌤
Toshkent31°Shabada yomg‘ir

"Borussiya" O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Jahongir Urozovni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

"Borussiya Myonxengladbax" Jahongir Urozov transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi

Germaniyaning "Borussiya Myonxengladbax" klubi "Dinamo" Samarqand hamda O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Jahongir Urozov transferiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Insayderlar va Germaniyaning Kicker nashri xabariga ko‘ra, klub vakillari futbolchi transferi yuzasidan muzokaralar olib borish uchun Toshkentga yetib kelgan.

Ma’lum qilinishicha, Bundesliga klubi yozgi transfer oynasida himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun Urozovni asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, transfer summasi 1 million yevro atrofida bo‘lishi mumkin.

Jahongir Urozovning "Dinamo" Samarqand bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil oxirigacha amal qiladi. Shu sababli nemis klubi futbolchini sotib olish bo‘yicha klub rahbariyati bilan kelishuvga erishishi kerak bo‘ladi.

Avvalroq himoyachiga Qozonning "Rubin" klubidan ham taklif tushgan, biroq futbolchi Yevropaning Top-5 chempionatlaridan birida faoliyatini davom ettirishni ustuvor deb bilgani uchun bu taklifni rad etgan.

Jahon chempionati–2026 guruh bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi safida ko‘rsatgan o‘yini ham Urozovga yevropalik skautlarning e’tiborini yanada oshirdi.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish