VALUTA KURSLARI:💱
EUR13 731▲ +39.74
OB-HAVO:🌤
Toshkent38°Ochiq

Argentina aql bovar qilmas kambek qilib, JCH-2026 chorak finaliga yoʻl oldi

Argentina Misrni 3:2 hisobida magʻlub etib, JCH-2026 chorak finaliga chiqdi

Argentina terma jamoasi 2026-yilgi jahon chempionatining eng dramatik uchrashuvlaridan birida Misrni 3:2 hisobida magʻlub etib, chorak final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Uchrashuvning 79-daqiqasigacha argentinaliklar 0:2 hisobida ortda borayotgan edi. Misr safida Yasser Ibrahim (15-daqiqa) va Mohamed Ziko (67-daqiqa) gol urdi.

Biroq uchrashuvning soʻnggi daqiqalarida Argentina oʻyinni butunlay oʻzgartirdi. Avval Kristian Romero (79-daqiqa) hisobni qisqartirdi, oradan toʻrt daqiqa oʻtib Lionel Messi (83-daqiqa) muvozanatni tikladi. Qoʻshib berilgan vaqtda esa Enso Fernandes (90+3) gʻalaba golini urdi.

Shu tariqa Argentina irodali gʻalabani qoʻlga kiritib, JCH-2026 chorak finaliga yoʻl oldi.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish