VALUTA KURSLARI:💱
USD12 076▲ +63.77
OB-HAVO:🌤
Toshkent39°Ochiq

Anomal issiq elektr tarmoqlariga yuklamani oshirdi: Toshkentda elektr uzilishlari bo‘lishi mumkin

Anomal issiq sabab Toshkentda elektr uzilishlari bo‘lishi mumkin

Toshkent shahrida o‘rnatilgan anomal issiq ob-havo sabab elektr energiyasi iste’moli keskin oshdi va energetika tizimiga tushayotgan yuklama ko‘paydi.

Energetika tashkilotlari ma’lum qilishicha, ayrim hududlarda elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Mutaxassislar yuzaga kelishi ehtimoliy avariya holatlariga tezkor javob berish va elektr tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash uchun kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tkazilgan.

Energetika vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, yuqori haroratli kunlarda elektr energiyasiga bo‘lgan talab yanada oshishi kutilmoqda. Shu sababli elektr tarmoqlari va uskunalarining ishonchli ishlashini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilmoqda.

Energetika korxonalari iste’molchilarni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash, avariya brigadalari faoliyatini kuchaytirish va tizim holatini doimiy nazorat qilish ishlarini olib bormoqda.

Toshkent aholisi va mehmonlaridan elektr energiyasidan, ayniqsa yuklama yuqori bo‘lgan soatlarda, oqilona foydalanish so‘ralmoqda. Shuningdek, ehtimoliy vaqtinchalik uzilishlar holatida telefonlar va poverbanklarni oldindan quvvatlab qo‘yish tavsiya etiladi.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish