VALUTA KURSLARI:💱
USD12 012▲ +7.46
OB-HAVO:🌤
Toshkent38°Ochiq

Abituriyentlar kirish imtihonlari uchun ruxsatnomalarni yuklab olishi mumkin: ularsiz test sinovlariga kiritilmaydi

Abituriyentlar uchun ruxsatnomalar eʼlon qilindi

Oʻzbekistonda kirish imtihonlarida ishtirok etadigan abituriyentlar uchun ruxsatnomalar eʼlon qilindi. Hujjatni my.uzbmb.uz portali orqali yuklab olish mumkin.

Buning uchun JShShIR (PINFL) va pasport maʼlumotlari talab etiladi. Texnik muammolarning oldini olish uchun ruxsatnomani oldindan yuklab olib, chop etish tavsiya etiladi.

Imtihon kuni abituriyentlar belgilangan vaqtda imtihon hududiga yetib kelishi va oʻzi bilan chop etilgan ruxsatnoma hamda pasport yoki ID-kartaning asl nusxasini olib kelishi shart.

Tashkilotchilar hujjatlarning nusxalari qabul qilinmasligini eslatdi. Shuningdek, kechikkan yoki zarur hujjatlarsiz kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish