2026-yil 18–19-iyul kunlari Toshkent shahridagi Park in Mall hududida MuzzFest muzqaymoq festivali bo‘lib o‘tadi.
Festival doirasida tashrif buyuruvchilarga o‘nlab muzqaymoq brendlari va mahsulotlari taqdim etiladi. Shuningdek, mehmonlar uchun ko‘ngilochar dasturlar, jonli musiqa, turli tanlovlar hamda sovrinli o‘yinlar tashkil etiladi.
Tadbir har ikki kun soat 11:00 dan 22:00 gacha davom etadi. Festivalga kirish barcha tashrif buyuruvchilar uchun bepul.
Tadbir haqida ma’lumot:
Sana: 18–19-iyul 2026-yil
Vaqti: 11:00–22:00
Manzil: Park in Mall
Kirish: bepul


